Ma'lumot

ABULVAJD FORIG‘IY ADABIY MEROSI

Xoliqulova Gulsanam Yorqulovna


Annotatsiya: Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonda o‘z mavqiyeni tiklab olgach, ziyoli, ijodkorlarni o‘z atrofiga chorlaydi. Natijada boburiylar saroyiga Xuroson, Movarounnahr va Erondan juda ko‘plab ilm-fan, madaniyatga daxldor tarixiy shaxslar kela boshladi. Hindistonda turkiy va forsiy tillarga asoslangan yangi adabiy muhit vujudga keldi. Ana shu adabiy muhitning zullisonayn vakillaridan biri - bu Shayx Abulvajd Forig’iydir. Abulvajd Forig’iy Bobur hukmronligi davrida Hindistonga kelib, e’tibor qozongan, hukmdor nazariga tushgan. Humoyun podshoh davrida “malik ush-shuaro” unvoniga sazavor bo‘lgan. Undan bizgacha forsiy va turkiy tildagi g’azallardan tashkil topgan “Devon” yetib kelgan. Mazkur maqolada Abulvajd Forig’iy va uning adabiy merosi haqida manbalar asosida ma’lumotlar umumlashtirildi.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.2023.v4.140.1.2278

Sahifalar soni 01-11 | 107 Ko'rishlar | 23 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish