Ma'lumot

MAHALLIY SUT ACHITUVCHI BAKTERIYALARNING ANTIMIKROB VA BAKTERIOSINOGEN FAOLLIGINI TADQIQ ETISH

D.K.Nurmuhamedova1, G.J.Kutlieva1, X.A.Sohibnazarova2, X.T.Zairova3


Maqolada laktobakteriya shtammlarining shartli-patogen izolyatlarga nisbatan antimikrob hamda bakteriotsinogen faolligi bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Mahalliy sut mahsulotlari va ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlarning ahlat na’munasidan sut achituvchi 28 ta bakteriyalar ajratildi va antimikrob faolikka skrining qilindi, ularning probiotik xususiyatlari o‘rganildi. Аjratilgan sut achituvchi bakteriyalarning 28 ta izolyatlaridan 7 ta shtamm tanlab olindi. Tanlangan shtammlar klinik izolatlarga nisbatan yuqori mikroblarga qarshi faol zona namoyon etdi. Sut   achituvchi bakteriyalar orasidan Weissella cibaria WC-1, Weissella cibaria WC-2, Weissella viridescens WV hamda Lactobacillus plantarum C-2 shtammlarini Bacillus subtilis bakteriyasiga  nisbatan bakteriotsinogen moddasi mavjudligi aniqlandi.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.2023.v3.139.2.2268

Sahifalar soni 01-12 | 125 Ko'rishlar | 20 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish