Ushbu maqolaning maqsadi kattalashtirish masshtabiga bog‘liq bo‘lmagan fraktal o‘lchovlarni geometrik modellashtirish hamda fraktal egri chiziqlarda takrorlanish jarayonining har bir bosqichi egri chiziqqa ko‘proq uzunlik qo‘shishini aniqlashga bag‘ishlangan. Cheksiz sonli qadamlar natijasida hosil bo‘lgan fraktal egri chiziq cheksiz uzunlikka ega bo‘lishi va fraktal egri chiziqlar uzunligining o‘sish tezligi egri chiziqning ajralib turadigan xususiyatiga bog‘liqligi o‘rganildi. Asosiy tushuncha shundaki, uni o‘lchash uchun ishlatiladigan o‘lchov moslamasining uzunligi va hajmi bir-biriga bog‘liqliligi aniqlandi. Ushbu o‘zaro munosabatlar ma’lum qonuniyatga egaligi tadqiq qilindi.