Ushbu maqolada tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, arid tushunchasi va uning mazmuni, arid hududlarda landshaft-ekologik sharoit tushunchasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish natijasida tabiiy landshaftlarning o‘zgarishi, antropogen landshaftlarning paydo bo‘lishi, insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida cho‘llanish jarayoning vujudga kelishi va cho‘llanish tushunchasining tahlili, landshaftlarning ekologik imkoniyatlari, landshaft-ekologik tahlil, geoekologik vaziyatlarni baholash va rayonlashtirish masalalari yoritilgan. Antropogen landshaftshunoslik sohasida olib borilgan tadqiqotlar tahlili amalga oshirilgan, landshaftlarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlil qilingan.