Ma'lumot

AMUDARYO HOZIRGI DELTASIDAGI YER USTI SUV OQIMLARINING GEOGRAFIK STRUKTURALARI

A.K.Urazbayev


Maqolada kichik deltalardagi va kollektor havzalaridagi yer usti suv oqimlarining umumiy geografik strukturalari ochib berildi. Yer usti suv oqimlarining “daraxtsimon” strukturasi va “havzaviy” strukturasi obyektlarning ichki tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu aloqadorlikda relyef strukturasi asosiy rol o‘ynaydi. Shu bilan bir qatorda, yer usti suv oqimi strukturasi ikki guruhining landshaftlardagi geokimyoviy rejimni belgilashdagi ahamiyati ilmiy asoslandi. Ideallashtirilgan kichik deltalardagi yer usti suv oqimining daraxtsimon strukturasi asosan kichik deltalarning yuqori qismidan quyi qismi tomon harakat qiladi. Ideallashtirilgan kollektor havzalarida esa yer usti suv oqimlarining havzaviy strukturasi suv ayirg‘ichdan kollektor o‘zani tomon harakat qiladi



https://doi.org/10.59251/2181-1296.2023.v3.139.2.2262

Sahifalar soni 01-11 | 89 Ko'rishlar | 15 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish