Ushbu maqolada diniy matnlarda so‘z turkumlarining qo‘llanilishi va uning boshqa funksional uslublar morfologiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega ekanligi “Manba ul-maorif” hamda “Javohir ul-hikoyot” asarlaridan olingan misollar vositasida yoritib berilgan.
Shuningdek, diniy matnlarda mustaqil so‘z turkumlarining qo‘llanilishi o‘zbek tilining umumiy qonuniyatlari doirasida bo‘lganligini tasdiqlash bilan birgalikda xususiy holatlar ham mavjudligi va uning hozirgi tilda ham davom etib kelayotganligi asoslab o‘tilgan.