Maqolada ilk o‘rta asrlar davriga kelib Sug‘dda savdo ishlari, bozorlar faoliyati, ularning mintaqadagi va tashqi savdo aylanmasida tutgan o‘rni ayrim yozma manbalar va arxeologik qazishma ishlarining natijalari asosida tahlilga tortilgan. Ma’lumki, qadimdan iqtisodiy hayot rivojida bozorlar muhim ahamiyat kasb etadi. Muallif arxeologik topilmalar orasida qadimgi bozorlar o‘rni iqtisodiy hayot, savdo aloqalari, qadimgi ajdodlarimiz turmush tarzi, madaniy hayot, hunarmandchilik kabi qator sohalarga oid qimmatli ma’lumotlar berishi haqidagi mulohazalarini bayon etgan.