Annotasiya. Mahalliy hom-ashyolar asosida import o’rnini bosuvchi samarador yangi texnologiyalar va adsorbentlar yaratish dolzarb muommolardan biri bo’lib xisoblanadi. Gidrometallurgiya eritmalaridan rangli va qimmatbaho metallarni ajratib olish uchun Respublikamizdagi NKMKambinati Nedirlandiyadan NORID markali, OKMKambinati Rossiyadan JACOBI markali faollantirilgan ko’mirga bo’lgan ta’labi yiliga 1000-1500 tonnani tashkil etadi. Shunga asoslanib import o’rnini bosuvchi arzon faollontirilgan ko’mir adsorbentlarni olish dolzarb muommolardan biri xisoblanadi.
Gidrometallurgiya eritmalaridan rangli va noyob metallarni ajratib olish uchun, meva donaklari (yong’oq, shaftoli, o’rik va xk) po’choqlari asosida olingan faollantirilgan ko’mir qo’llandi. Meva donaklari (yong’oq, shaftoli, o’rik va xk) po’choqlari asosida olingan faollantirilgan ko’mirni adsorbsiyasi fizik-kimyoviy xossalariga bog’liq bo’lib, bunday aktivlangan ko’mirlar termokimyoviy usullar bilan olindi.