Ma'lumot

TERMINAL ATSETILEN SPIRTLARINING OKSIDLANISHI ASOSIDA DIINDIOLLAR SINTEZI

S.I.Tirkasheva, O.E. Ziyadullayev, G.Q. Otamuxamedova, V.M. Muzalevskiy, V.G.Nenaydenko; E-mail: guzal020003@yandex.ru, tel: +998998884541


Molekulasida alifatik, alisiklik va aromatik o‘rinbosarlar saqlagan terminal atsetilen spirtlarining oksidlanish bilan boradigan gomolitik birikish reaksiyasi o‘rganilgan. Jarayonda katalizator sifatida mis (I) xlorid, ligand sifatida N,N,Nˊ,Nˊ- tetrametiletilendiamin, oksidlovchi agent tetraxlorometan va erituvchi methanol yordamida diatsetilen diollari sintez qilindi. Terminal atsetilen spirtlarining dimerlanish jarayonini boshqarish va nazorat qilishning eng muqobil sharoitlari topilgan hamda reaksiya mexanizmlari taklif etilgan. Sintez qilingan diindiollari identifikatsiyalangan va ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganilgan.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.2023.v3.139.1.2141

280 Ko'rishlar | 184 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish