Ma'lumot

Rossiya sharqshunosligi ilmiy maktabi va O’rta Osiyo tarixi masalalarining o’rganilishi

Radjabova Dilora Nazarovna


Markaziy Osiyoni ilmiy tadqiq etish sharqshunoslikda chuqur ildiz otgan. Ilm-fan va taʼlim muassasalari tizimi, eng boy sharq qoʻlyozmalari, kitoblari, moddiy madaniyati obʼyektlari toʻplamlari sharqshunoslar tadqiqotlari uchun muhim manba boʻlib xizmat qildi. Oʻz asarlari va ijtimoiy-ilmiy faoliyati bilan Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekiston xalqlari ilm-fan va madaniyatini oʻrganish tarixiga maʼlum hissa qoʻshgan rus sharqshunosligining ana shunday vakillaridan biri Petr Ivanovich Lerxdir. U turli xalqlarning tillari va shevalari, qadimgi davr arxeologiyasi yoki sharq numizmatikasi ni chuqur o‘rgangan mutaxassis edi. Maqolada Rossiya Fanlar akademiyasining arxiv ilmiy muassasalarining keng manbalaridan, xususan, P.I. Lerxning Sankt-Peterburgdagi Sharq tillari instituti ilmiy arxividagi shaxsiy fondi materiallaridan foydalanilgan.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.2023.v2.138.2.2050

498 Ko'rishlar | 231 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish