Ma'lumot

INGLIZ TILIDА TURLI TURG’UN BIRIKMАLАR, ULАRNI O‘ZBЕK TILIGА TАRJIMА QILISH ЕKSTRАLINGVISTIKАSI

Sh.A.Rustamova


Ingliz va o‘zbek tillaridagi do‘st-dushman haqidagi maqol va matallarning tarjimasi bir qator ilmiy ishlarda bevosita o‘rganilgan va ba’zi asarlarda esa boshqa hodisalar bilan bog’liq holda yo‘l-yo‘lakay tilga olinadi. Taqiqotchilar maqol va matallar tarjimasi bir necha bosqichda amalga oshirilganini, har bir bosqichda qator muammolar qo‘shilganini va hal qilinganligini qayd etib o‘tadilar. Maqol va matallarni tarjima qilishdan maqsadimiz ikkinchi tilga so‘zlar tuzilmasi va gaplar silsilasini ko‘chirish emas, balki ularni mag’zida yashirinib yotgan ma’noni chiqarishdan va ikki millatning urf-odatlarini, madaniyatini o‘rganishdan iborat. Buni to‘g’ri anglagan tarjimonlar tarjima jarayonida ko‘p hollarda asl nusxa ma’nosini yoritish uchun ba’zan gaplar tuzilishini o‘zgartirish, ba’zan esa so‘zlarni tushirib qoldirish balki qo‘shishdek holatlardan cho‘chimaydilar.  

Maqol va matallarni tarjima qilish jarayonida turli-tuman mashqlar, o‘zgartirishlar bilan ish ko‘rar ekanmiz, tabiiyki biz ish faoliyatimiz davomida ma’lum qiyinchiliklarga duch kelamiz.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.2023.v2.138.1.2012

Sahifalar soni 01-12 | 155 Ko'rishlar | 4 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish