Ishda propan-butan fraksiyasidan mezog’ovakli uglerod olish jarayonining kinetik qonuniyatlari yarim – sanoat (pilot) reaktori sharoitida o’rganilgan. Mezog’ovakli uglerod olishning tajriba tadqiqotlarini o’tkazishda 15%Ni*5%Co*5%Fe* 5%Cu*2%Mo/YuKS katalizatordan foydalanilgan. Kataliza-tor kukuni metallar nitratlarini termik parchalash yo’li bilan olingan. Tajribalar 620±15℃ va gazning 12 daq davomida 9±0,8 l/soat sarfida o’tkazilgan. Haroratning Kmezog’ovakli uglerod ga ta’siri 550÷7000C harratlar oralig’ida 10℃ qadam bilan tadqiq qilinib, katalizator qavati qalinligi hk≈0,2 mm ni (m=12 mg), uglerod saqlaydigan gaz sarfi 9±0, l/soat ni, jarayonni o’tkazish vaqti 12daq ni tashkil qiladi. Ishda Kmezog’ovakli uglerod solishtirma unumining piroliz vaqtiga (τ) bog’liqligi, mezog’ovakli uglerod (Kmezog’ovakli uglerod) solishtirma unumi va reaktor unumdorligining (Q) katalizator qatlami qalinligiga (hk) bog’liqligi, mezog’ovakli uglerod (Kmezog’ovakli uglerod) solishtirma unumining haroratga (T) bog’liqliligi, mezog’ovakli uglerodning solishtirma unumining piroliz vaqtiga (τ) bog’liqliklari o’rganilgan. Skanirlovchi elektron mikroskopiya, adsorbsion (BET) usullarda katalizatorning o’lchamlari aniqlandi. Mezog’ovak uglerod sintezining maqbul sharoitlari tanlangan.