Maqolada zamonaviy AKT va Internet tizimini turizm sohasida qo‘llash afzalliklari, jabhalari hamda samaradorligi keyingi 10 yillik ma’lumotlar asosida tadqiq etilgan, ularning turizm mahsulotlarini ishlab chiqarishni o‘sishidagi ulushi ekonometrik usullar yordamida aniqlandi.Tadqiqot natijalariga binoan turizm tarmog‘ining yuksalishida AKT ulushi 30 - 45 foizni tashkil etdi. AKTdan foydalanuvchilariga bilim va ma’lumotlarga kirish, yangi ma’lumotlarni to‘plash imkoniyatini beradi. Tadqiqot davomida mehnat va AKTga investitsiyalar bilan tarmoq o‘sishi o‘rtasida ijobiy korrelyatsiya, ammo mehmonxonalar soni bilan manfiy bog‘liqlik tasdiqlandi. Demak, turistlarni joylashtirishdagi kamchiliklar tarmoqni rivojlanishidagi to‘siqlardan biridir. Soha yalpi mahsulotining kapitalga nisbatan elastiklik koeffitsiyenti 0,794, ishchi kuchiga nisbatan 0,113 tashkil etdi.Bu jahonda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga mos; Tarmoqda AKT ni qo‘llash natijasida korxonalarning transaksion xarajatlari pasayadi, innovatsiyalar tezlashadi, firmalarning raqobatbardoshligi va iqtisodiy samaradorlik ortadi, bo‘lg‘usi sayyohlar mamlakatimiz turizm imkoniyatlari haqida axborotga ega bo‘lishadi