Ushbu maqolada chet el olimlarining muloqot kompetensiyasi haqidagi qarashlari
haqida gap boradi. Ularning fikriga ko’ra, muloqot kompetensiyasi kasbiy va ijtimoiy hayotda muhim
bo’lganlaridan biri hisoblanadi va u bir tomondan, shaxsning ijtimoiylashuviga ko’maklashadi va
fuqarolarning shaxsiy ehtiyojlariga javob beradi, boshqa tomondan, jamiyatning professional kadrlarga
bo’lgan ehtiyojini qondiradi. Kompetensiya – bilim, malaka va tajribaning bajariladigan vazifalar va hal
etiladigan muammolarning haqiqiy murakkablik darajasiga muvofiqligi o’lchovidir. Qat’iy kasbiy bilim,
malakalardan tashqari tashabbus, hamkorlik, guruhda ishlash qobiliyati, muloqot qobiliyatlari, o’qish,
baholash, mantiqiy fikrlar malakasi va boshqalarni o’z ichiga kiritadi.