Bugungi kunga kelib pedagogikaga ko‘plab yangi atama, tushuncha va iboralar
kirib keldi. Ularning ma'nosi turlicha izohlanib, manbalarda turli-tuman shakllarda berilmoqda.
Mazkur atamalardan foydalanuvchilarni ba'zi hollarda chalg‘itmoqda. Ayrim vaqtlarda esa fikrning
yoritilishiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham pedagogik atamalar mazmuniga yangicha
kontekstda yondashish pedagogika fani oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. Pedagogik
atamalar mazmunini takomillashtirish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda
pedagogik atamalarning yangi mazmun-mohiyatga ega bo‘lishiga asoslangan holda yondashish, bunda
mazkur atamalarning boshqa tillarda qay shaklda qo‘llanishi va qanday mazmun-mohiyat kasb etishini
o‘rganish va o‘zaro qiyoslash muhimdir.