Mazkur maqolada texnika oliy ta’lim muassasalarida buyurtmachi korxonalar talab va ehtiyojlari asosida fizika fanini o‘qitishda ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, amaliy mashg‘ulot darslarida kasbga yo‘naltirilgan masalalardan foydalanish samaradorligi hamda talaba yoshlarga fizik qonuniyatlarning o‘zlari egallagan sohaga qanchalik uzviy bog‘liqligi aniq faktlar orqali ko‘rsatilgan. Shuningdek, bevosita konmetallurgiya sanoati tizimiga oid kasbiy yo‘naltirilgan masalalarni ishlab chiqish va amalda foydalanishda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini oshirishdagi ahamiyati o‘rganilgan.