Ma'lumot

KRIPTOGRAFIK ALGORITM MIKROBUYRUQLARINING MANTIQIY BUL FUNKSIYA SHAKLI (AES, EL-GAMAL)

А.V. Kabulov, M.A. Berdimurodov, I.M.Saymanov


Ushbu maqolada mikrobuyruqlarning grafsxema ko‘rinishi, algebraik ko‘rinishi, matritsa ko‘rinishlari AES simmetrik, EL-Gamal ochiq kalitni shifrlash algoritmlari uchun qo‘llanilishi tadqiq qilingan. Mikrobuyruqlarni xususan shifrlash algoritmlarni qurulmalarga yozishda uni optimal shaklda yozish dolzarb masala hisoblanadi sababi algoritm qancha optimal yozilsa qurulma talab etadigan energiya, xotira resurslari tejaladi hamda tezlik oshishiga yordam beradi. Mikrobuyruqlarning grafsxema ko‘rinishi, algebraik ko‘rinishi, matritsa ko‘rinishlarini tahlil qilish orqali mikrobuyruqlarning optimal(minimal) shaklini aniqlashda foydalanish mumkin. AES simmetrik, EL-Gamal ochiq kalitli shifrlash algoritmlarining mikrobuyruqlarning optimal shakli aniqlangan.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v3.1271.1208

Sahifalar soni 01-16 | 127 Ko'rishlar | 103 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish