Maqolada Ziaddin-Zirabuloq togʻlari lixenoflorasida tarqalgan epigey lishayniklar tahlili keltirilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida lixenofloradan 6 turga mansub epigey lishayniklar (Thalloidima sedifolia, T. candidum, Psora decipiens, P. globifera, Caloploca tominii, Psorotichia taurica) aniqlandi. Aniqlangan turlarning taksonomik tahlili, ekologik va geografik xususiyatlari keltirilgan.