Ma'lumot

BOYITILGAN VA MODIFIKATSIYALANGAN BЕNTONIT GIL MINЕRALLARINI ANALITIK TAHLIL QILISH

Jurayeva F.N., Abdikamalova A.B., Eshmetov I.D., O‘tashev Y.I.


Tadqiqot Navbahor va Krantau ishqoriy bentonitlarini o‗rganish va turli
maqsadlarda foydalaniladigan sorbentlar, katalizatorlar va katalizator tashuvchilarni sintezi uchun xom
ashyo olishga qaratilgan. Olib borilgan tajribalar davomida minerallar boyitildi va modifikatsiyalandi.
Namunalar kompleks termogravimetriya, elektron mikroskopik va kimyoviy taxlil usullari yordamida
tahlil qilindi. Natijalar gilning agregatlari o‗lchami 50-60 nm dan 5-10 nm ga kamayganligini
ko‗rsatdi. Navbahor va Krantau bentonitlarining modifikatsiyalangan namunalari uchun
adsorbsiyalangan suvning ajralib chiqish harorati mos ravishda 79,927 va 73,247°C ga va d001 bazal
reflekslari 1,28 va 1,24 nm ga to‗g‗ri kelishi mineralining asosiy miqdori natriyli motmorillonit, illit,
kaolinit va dala shpatidan iborat ekanligi va qo‗shimcha (Ca2+, Fe2+, Fe3+ tuzlari, kvars va boshqa)
moddalarning kamayganligini dalolat beradi.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v1.1312.117

Sahifalar soni 01-9 | 122 Ko'rishlar | 104 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish