Maqolada Andijon viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish va uni rejali amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, samaradorligini oshirish masalalari, yetishtirilgan mahsulotlarni aholini ehtiyojini qondirishdagi, hamda yetishtirilgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorni to‘ldirishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan. Maqolada viloyat qishloq xo‘jaligini to‘g‘ri samarali rivojlantirish uchun viloyat hududini to‘rtta agroiqlimiy rayonlashtirish haqida fikr bildirilgan bo‘lib, bu sohani rivojlantirish uchun muhim omillardan biri hisoblanadi