Ma'lumot

SAMARQAND VILOYATI TUPROQLARIDA TABIIY VA TEXNOGEN RADIONUKLIDLARNING MIGRATSIYA XUSUSIYATLARI

R.M.Eshbo‘riyev, E.A.Umirzaqov, L.T.Nurmurodov, R.Sayfinov, A.N.Kaxorova, U.X.Yunusova


Ushbu ishda gamma spektrometriya usuli yordamida tuproq qatlamlarida tabiiy radionuklidlar 226Ra, 232Th, 40K va texnogen radionuklid 137Cs ning solishtirma aktivligi o‘rganildi. Olingan natijalarda tabiiy radionuklidlar 226Ra va 232Th hamda texnogen radionuklid 137Cs asosan tuproqning 1-2 sm li yuza qismida solishtirma aktivligi yuqori bo‘lishi va 15-20 sm li pastki qatlamda aktivlik bu radionuklidlar uchun 20-30% kam bo‘lishi va radionuklidlar gorizontal migratsiyaga uchrashi kuzatildi. 40K izotopining solishtirma aktivligi tuproq qatlamining 10-15 sm li qismida maksimal qiymatga erishishi va bu radionuklid asosan vertikal migratsiya natijasida tuproqda qayta taqsimlanishi aniqlandi.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v3.1211.1141

213 Ko'rishlar | 136 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish