Nurota tog‘-kon sanoati Respublikamizning rangli metallurgiya hamda kamyob yer metallari qazib olish sanoati uchun eng istiqbolli hududlardan biri hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida Qo‘ytoshda molibden va volframni qazib olish va boyitish boshlandi. Hozirgi kunda ochiq va yopiq kon karyerlari va burg‘ulagan joylarning radioaktiv holatini monitoring qilish taqdim etilayotgan ishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ishda Qo‘ytosh hududidan olingan tuproq namunalarining TRN miqdori NaI(Tl) kristalli ssintillyatsion gamma-spektrometrda tadqiq etildi. Hududning tuproq va tog‘etaklaridagi maydonlarning yer yuzasidagi ROZ (radonning oqim zichligi) miqdori aniqlandi.