Bugungi kunda boʼsh vaqtni tashkil etishning sport bilan shugʼullanish,
muzeylar, teatrlar, kinoteatrlarga borish, telekoʼrsatuvlarni tomosha qilish, kitob oʼqish
singari anʼanaviy shakllaridan tashqari axborot texnologiyalarining turli shakllaridan ham
keng foydalanilmoqda. Mazkur maqolada hozirgi sharoitda talaba – yoshlarning boʼsh
vaqtlaridan foydalanishlarning asosiy yoʼnalishlari yoritilgan.