Hozirgi globallashuv jarayonida yoshlar ta’limi va tarbiyasi masalasi
ta’lim soxasining ustuvor yoʻnalishi boʻlib, ta’lim sifatini ta’rifi boʻyicha doimiy
muhokamalar kuzatilmoqda, bunda asosiy urgʻu ta’lim oluvchilarni oʻqishdagi erishgan
yutuqlari, tegishli muassasalarning faoliyati, hamda ta’lim xizmatlarini yetkazib berish sifati
kabi masalalarga qaratilmoqda. Sifat tamoyili nafaqat umumiy oʻrta ta’limni
takomillashtirish, balki ilmiy bilimlarga asoslangan farovon jamiyat qurish sharoitida tegishli
yutuqlarga asoslangan oliy ta’limni takomillashtirishda ham yetakchi hisoblanadi. Ushbu
maqolada maktab ta’limida sifat tushunchasining mazmuni, mohiyati va bu tushuncha
borasida ilmiy tadqiqotchilarning qarashlariga tahliliy yondashilgan.