Ushbu maqolada о‘spirinlarda huquqiy savodxonlikni shakllantirish bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biri ekanligi va shunga doir tadqiqot natijalarining psixologik tahlili yoritilgan. Unda yoshlarda huquqiy savodxonlikni shakllantirish bosqichlari, ushbu tushunchalarni egallashda amal qiladigan huquqiy tushuncha va atamalrning mazmun – mohiyati sharhlangan. Huquqiy tushunchalarning mazmun mohiyatini bilish,ulardan insonlar hayoti, faoliyati va turmushida foydalanishlari zarurat ekanligi, shu barobarida har bir inson uchun huquqiy savodxonlik, huquqiy ong shakllanishi shaxs barkamolligining muhim komponenti sifatida namoyon bо‘lishi tushuntirilgan.