Mazkur maqola maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga
tayyorgarligining psixologik muammolariga bag’ishlangan bo’lib, maqolada bolaning sog’lom, har
tomonlama kamol topib shakllanishi, ularni bilim olishga bo’lgan qiziqishlari va motivatsiyasini
oshirishda maktabgacha ta’lim muassasalarining o’rni haqida ma’lumot berilgan. Bundan tashqari,
maqolada o‘yin faoliyati, rasm chizish, buyumlar yasash va turli xil faoliyatlarda vujudga kelgan
kundalik muloqot ham bolaning bilim va ko‘nikmalarini kengaytirib borishi, turli interfaol mashqlar
orqali bola tafakkurini o’stirish yo’llari va bunda yuzaga keladigan muammolar haqida fikr yuritilgan.