10.00.00

"ORZIGUL" DOSTONIDAGI MA'NAVIY VA LAFZIY SAN'ATLAR

T. Sobitova
Nashr: №122
20.01.2023
1760 marta o'qildi
872 ta yuklash
13 bet

Annotatsiya

Ko‘lami keng epik merosimizni doston kuylash sirlarini mukammal egallagan yetakchi dostonchilarsiz tasavvur etolmaymiz. O‘zining individual uslubiga ega bo‘lgan baxshi-shoir Islom Nazar o‘g‘lining sevib kuylagan “Orzigul” dostoni odob-axloq, ishq-muxabbat , sevgi-sadoqat, go‘zal vafo talqinlariga boy poetik san'at ramzidir. Asarda ma'naviy va lafziy san'atlardan mohirona foydalanilgan. Tarixiy an'analarga ko‘ra badiiy san'atlar ikki guruhga ajratib o‘rganiladi: 1. Ma'naviy-so‘zning ma'nosi bilan bog‘liq san'atlar. 2. Lafziy-so‘zning tovush jihati bilan bog‘liq sanatlar. Manaviy san'atlarga asar g‘oyasi mazmuni bilan bog‘liq san'atlar:mifologik o‘rinlar, mubolag‘a, o‘xshatish irsoli masal, ya'ni maqollar qo‘llash, talmih, jonlantirish va boshqalar kiradi. Lafziy san'atlarga saj', qofiya, radif va ritm kiradi. Dostonlardagi bu san'at turlarini tahlil etishning o‘ziga xos ahamiyati barkamol yosh avlodning fol'klor asarlariga bo‘lgan qiziqishini yanada orttiradi

Kalit so'zlar:

zlar:Qadriyat san'at badiiy-tasviriy vositalar poetik mubolag‘a irsoli masal saj' qofiya ritm artikulyasiya radif.