02.00.00

FORMILPINAKOLIN VA BENZOILSIRKA AL’DEGID HOSILALARI ASOSIDAGI Ni(II) VA Zn(II) KOMPLEKS BIRIKMALARINING TUZILISHINI O‘RGANISH

M.A.Tursunov, B.B.Umarov, Q.G‘.Avezov, M.M.Amonov, S.Y.Mardonov
Nashr: №119
20.01.2023
948 marta o'qildi
349 ta yuklash
12 bet

Annotatsiya

. Formilpinakolin va benzoilsirka al’degidlarning spirtdagi eritmalariga ekvimolyar nisbatda aromatik kislota gidrazidlari o‘zaro kondensatlanishidan H2L tridentat organik ligandlar (H2L1 -H2L8 ) olindi. Ularning spirtdagi eritmalari bilan nikel(II)-atsetat va rux(II)-atsetat suvammiakli eritmalarining o‘zaro 1:1 nisbatda ta’sirlashuvidan tekis-kvadrat tuzilishli ML·A (M=Ni, Zn; A=NH3 , Py) kompleks birikmalari sintez qilindi. Olingan kompleks birikmalarning tarkibi va tuzilishi element analiz, IQ-, YAMR1 H spektroskopiyasi va RSA usullari bilan o‘rganildi.

Kalit so'zlar:

formilpinakolin benzoilsirka al’degid aroilgidrazon gidrazon yengidrazin pirazolin rentgenstruktur analiz (RSA) psevdoaromatik.