02.00.00

FAOLLANGAN KAOLINDA METANOL ADSORBSIYASI

D.K.Xandamova1, Sh.P.Nurullayev1, X.M.Toshboyev2
Nashr: №133
20.01.2023
658 marta o'qildi
421 ta yuklash
8 bet

Annotatsiya

Maqolada faollangan Angren oq kaolinga metanol adsorbsiya izotermalari turli 293K, 303K va 313K haroratlarda o’rganilgan. 293K da olingan adsorbsiya izotermalari asosida BET bo‘yicha adsorbent solishtirma sirt maydoni S = 94,6•10-3 m2/kg ga teng ekanligi aniqlangan. Adsorbentning mikrog‘ovak W0 = 19,8•10-3 м3/kg va mezog‘ovak hajmlari Wme=6,6•10-3 m3/kg ni tashkil etgan. Izosterik diferensiyal adsorbsiya issiqligi 3 xil haroratda adsorbsiya izotermalari asosida hisoblangan. Adsorbsiya issiqligining maksimal qiymatida (Qmax = 68,0 kJ/mol) metanol adsorbentdagi protonlar bilan o‘zaro adsorbent-adsorbat tasirlashuvi tufayli sodir bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Bu ion – molekulyar komplekslar hosil bo‘lishi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Faollangan kaolinida metanol adsorbsiya issiqligi to‘lqinsimon ko’rinishga ega ekanligi bilan xarakterlangan.

Kalit so'zlar:

Angren kaolini adsorbtsiya izotermasi g‘ovaklik solishtirma yuza adsorbsiya izosterasi adasorbsiya issiqligi metanol.