01.00.00

NANOSUYUQLIKNING QOVUSHQOQLIGI VA BARQARORLIGINING KREMNIY DIOKSIDI NANOZARRACHALARI CHIZIQLI O‘LCHAMIGA BOG‘LIQLIGI

A.N. Payzullayev, M.V. Gafurova, B.A. Allayev, S.K. Tellyayev, S.Z. Mirzayev
Nashr: №133
20.01.2023
871 marta o'qildi
721 ta yuklash
8 bet

Annotatsiya

Deionizatsiyalangan suvda o‘rtacha diametri 12 nm va 40 nm kremniy dioksidi nanozarrachalarining kontsentratsiyasi 0.5% va 3% massaviy ulushidagi namunalar ultratovushli dispergatorda dispersiyalandi. Hosil bo‘lgan nanosuyuqliklarning qovushqoqligi 304 K temperaturada eksperimental o‘rganildi va sedimentatsiya jarayoni nanozarrachalar chiziqli o‘lchamiga bog‘liq holda tadqiq qilindi. Natijalar tahliliga ko‘ra nanosuyuqlikning qovushqoqligi nanozarrachalar chiziqli o‘lchami kamayishi bilan ortib borishi kuzatildi

Kalit so'zlar:

Nanosuyuqlik nanosuyuqliklarning qovushqoqligi kremniy dioksidi nanozarrachalari chiziqli o‘lchamiga bog‘liqligi sedimentatsiya deionizatsiyalangan suv.