09.00.00 - Falsafa fanlari

QORAQALPOG‘ISTON MADANIYATI TARIXSHUNOSLIGI XORIJIY TADQIQOTLAR NIGOHIDA

J.Aytmuratov
Nashr: №4
10.10.2026
219 marta o'qildi
0 ta yuklash

Annotatsiya

Maqolada XX asrdagi rus va Markaziy Osiyo olimlarining Qoraqalpog‘iston madaniyati to‘g‘risidagi ilmiy fikrlari talqin qilinadi. Qoraqalpoq jirovchilik san’atining rivojlanishiga oid qozoq-qoraqalpoq madaniy aloqalari haqida ma’lumotlar beriladi. Ayniqsa, muallif qoraqalpoq jirovchilik san’atini xalqaro miqyosida Yevropa va AQSH xalqlariga tanitgan Karl Raynl faoliyati haqida o‘z xulosalarini beradi. Maqola so‘ngida Buyuk Britaniyalik olimlar Devid va Syuzan Richardsonlarning qoraqalpoq liboslari va etnografik madaniyati haqidagi asarlari tahlil qilingan. Maqolada keltirilgan ilmiy manbalar qoraqalpoq xalqining madaniyati va san’atini o‘rganishda muhim tarixshunoslik ahamiyatiga ega ekanligi isbotlangan.

Kalit so'zlar:

Qoraqalpog‘iston madaniyati jirovchilik san’ati madaniy aloqalar Yevropa olimlari tadqiqotlar xorijiy adabiyotlar