09.00.00 - Falsafa fanlari

O‘ZBEKISTON YOSHLAR SIYOSATI TAJRIBASINING IJTIMOIY-FALSAFIY NATIJALARI VA ISTIQBOLLARI

G‘. E.Abdiyeyev
Nashr: №4
10.10.2026
198 marta o'qildi
0 ta yuklash

Annotatsiya

O‘zbekiston yoshlar siyosati tajribasining ijtimoiy-falsafiy natijalari hamda istiqbollari normativ-huquqiy modernizatsiya, institutlararo koordinatsiya va avlodlararo adolat mezonlari orqali tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi yoshlar siyosatida shakllangan qadriyatlar tizimi, ijtimoiy integratsiya mexanizmlari va fuqarolik subyektivligi dinamikasini konseptual izohlashdan iborat. Metodologiya sifatida ijtimoiy-falsafiy germenevtika, institutsional tahlil, diskurs tahlili hamda qiyosiy yondashuv qo‘llanildi; manbalar bazasini strategik hujjatlar, ochiq statistik ma’lumotlar va sohaga doir ilmiy adabiyotlar tashkil etdi. Tadqiqot yoshlar siyosati natijalarini faqat ma’muriy chora-tadbirlar emas, balki imkoniyatlar, ishtirok etish etikasi va ijtimoiy kapitalni qayta ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq ijtimoiy-falsafiy indikatorlar majmuasi sifatida asoslashdan iborat. Amaliy jihatdan maqola baholash mezonlarini aniqlashtirish va istiqbolni islohот yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar:

yoshlar siyosat jamiyat davlat inson qadri boshqaruv inson madaniyat islohot siyosiy ong axloq