13.00.00 - Pedagogika fanlari

TA’LIM NAZARIYALARINING INTEGRATIV TATBIQI ASOSIDA DARSNI LOYIHALASH MEXANIZMI

U.Sh.Shodiyorova
Nashr: №4
10.10.2026
233 marta o'qildi
0 ta yuklash

Annotatsiya

Mazkur maqolada ta’lim nazariyalarining integrativ tatbiqi asosida darsni loyihalash mexanizmining nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. Bixeviorizm, kognitivizm, konstruktivizm va ijtimoiy-madaniy nazariyalarning darsni loyihalashdagi funksional imkoniyatlari tizimli va qiyosiy tahlil qilingan. Ta’lim nazariyalarini mexanik birlashtirishdan farqli ravishda, ularning pedagogik vazifalarni hal etishdagi funksional imkoniyatlarini darsning maqsad, mazmun, faoliyat, metod, baholash va refleksiya komponentlari bilan muvofiqlashtirish tamoyili asoslangan. Tadqiqot natijasida “nazariya–funksiya” mosligiga asoslangan funksional-integrativ mexanizm va uning tarkibiy-funksional modeli ishlab chiqilgan. Mazkur mexanizm darsni tizimli loyihalash hamda o‘qituvchining loyihalash kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar:

ta’lim nazariyalari integrativ yondashuv funksional-integrativ mexanizm bixeviorizm kognitivizm konstruktivizm ijtimoiy-madaniy nazariya pedagogik loyihalash refleksiya