10.00.00 - Filologiya fanlari

“DEVONU LUG‘ATIT TURK” DA IFODALANGAN TIL KONSEPTINING LINGVOKOGNITIV TADQIQI

Z.Baynazarov
Nashr: №4
07.10.2026
200 marta o'qildi
0 ta yuklash

Annotatsiya

Mazkur maqolada Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asari misolida “til” konseptining lisoniy ifodalanish xususiyatlari kognitiv-lingvokulturologik yondashuv va yadro-periferiya modeli asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot manbai sifatida asarning to‘liq o‘zbekcha tarjima matni tanlab olindi va undan “til” leksemasi hamda uning hosilalari ishtirok etgan barcha birliklar tanlab olinib, tizimli tahlil qilindi. Konseptning nomi maydoni klassik uch qavatli, ya’ni yadro, yaqin periferiya va uzoq periferiya modeli orqali tahlil qilinib, bunda “nutq a’zosi” ma’nosi yadroni, “so‘z” va “xalq tili” ma’nolari yaqin periferiya, “josus” ma’nosi esa uzoq periferiya tashkil etishi asoslab berildi. Tadqiqotda o‘zbek, turk hamda jahon tilshunosligi manbalari tahlil qilinib, ular natijalari izohlandi. Natijada “til” konsepti nafaqat lug‘at-ning bitta ma’nosi, balki butun DLT asarining yaratilish g‘oyasini belgilovchi markaziy tushuncha ekanligi, shuningdek, uning kuchli aksiologik va etnolingvistik yukka ega ekanligini ko‘rsatib berishga harakat qilindi.

Kalit so'zlar:

Devonu lug‘atit turk Mahmud Koshg‘ariy til konsepti yadro-periferiya modeli kognitiv tilshunoslik lingvokulturologiya nominativ maydon paremiologiya etnolingvistika polisemiya