01.00.00 - Fizika-matematika fanlari

ILMIY EKSPERTIZA VA NAZORAT JARAYONLARINI RAQAMLASHTIRISHNING FUNKSIONAL MODELI VA FOYDALANISH SENARIYLARINI ISHLAB CHIQISH

Latifov Feruz Maxammadjon o'g'li, Xonimqulov Nodirbek Anvar o'g'li, Mahmanov Orif Qudratovich
Nashr: №3
01.08.2026
246 marta o'qildi
26 ta yuklash

Annotatsiya

Maqolada ilmiy attestatsiya jarayonlarini raqamlashtirish doirasida "Ilmiy ekspertiza va nazorat moduli" funksional modelining foydalanish senariylarini (use case) ishlab chiqish jarayoni tavsiflangan. Modul ilmiy kengashlar tomonidan ma'qullangan ilmiy ishlarni tanlov asosida ekspertizadan o'tkazish jarayonlarini – ekspertlarni tayinlash, ekspertiza materiallarini taqdim etish, ekspert xulosalarini shakllantirish, monitoring va nazorat tadbirlarini amalga oshirish hamda ekspertiza natijalarini rasmiylashtirishni tashkil etishga mo'ljallangan. Tadqiqot natijasida modulning oltita foydalanish senariylari ishlab chiqilib, ularning har biri uchun ishga tushirish sharti, asosiy ijrochi, bajarish tartibi hamda kirish va chiqish ma'lumotlari rasmiylashtirildi. Senariylar o'rtasidagi ma'lumot oqimi tahlil qilinib, ekspertizaning yaxlit texnologik zanjiri (ishlarni tanlash – ekspertlarni biriktirish – ekspertiza o'tkazish – xulosa shakllantirish – natijalarni umumlashtirish – qarorni qayta ko'rib chiqish) asoslandi. Har bir amalning audit jurnalida qayd etilishi va elektron hujjatlarning QR-kod orqali verifikatsiya qilinishi hisobiga jarayonning kuzatuvchanligi, hujjatlar yaxlitligi va yuridik ahamiyati ta'minlanishi ko'rsatib berilgan. Taklif etilayotgan model modulning texnik topshirig'ini shakllantirish, dasturiy ta'minotni loyihalash va sinov senariylarini tuzish uchun bevosita asos bo'lib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar:

ilmiy attestatsiya ilmiy ekspertiza foydalanish senariysi (use case) funksional talablar audit jurnali QR-kod verifikatsiyasi elektron hujjat aylanishi dissertatsiya.