13.00.00 - Pedagogika fanlari

10-12 YOSHLI KURASHCHILARDA EGILUVCHANLIK SIFATINING KURASH TEXNIKASINI O‘ZLASHTIRISH SAMARADORLIGIGA TA’SIRI

O.Toshmurodov
Nashr: №2
09.06.2026
291 marta o'qildi
198 ta yuklash

Annotatsiya

Mazkur maqolada 10–12 yoshli kurashchilarda egiluvchanlikni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar majmuasining kurash texnikasini o‘zlashtirish samaradorligiga ta’siri eksperimental tadqiqot asosida o‘rganildi. Tadqiqotda 24 nafar yosh sportchi (nazorat guruhi – n=12; tajriba guruhi – n=12) ishtirok etdi. Tajriba guruhi bilan 4 oy davomida egiluvchanlikni maqsadli rivojlantirishga qaratilgan mashqlar tizimli ravishda qo‘llanildi, nazorat guruhi esa an’anaviy mashg‘ulot dasturi asosida shug‘ullandi. Natijalar o‘rtacha arifmetik qiymat (X), standart og‘ish (±σ), variatsiya koeffitsienti (V) hamda Studentning t-mezoni yordamida tahlil qilindi. Tadqiqot yakunida egiluvchanlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tajriba guruhi nazorat guruhiga nisbatan statistik jihatdan ishonchli ustunlikka ega ekanligi aniqlandi (P

Kalit so'zlar:

egiluvchanlik yosh kurashchilar kurash texnikasi jismoniy sifatlar o‘quv-mashg‘ulot jarayoni texnik tayyorgarlik pedagogik tajriba statistik tahlil.