13.00.00 - Pedagogika fanlari

O‘QUVCHI YOSHLARNING ISTIQBOL HAYOT REJALARINI BELGILASHDA IJTIMOIY RAQOBATNING O‘RNI

F.Abduvaliev
Nashr: №2
09.06.2026
232 marta o'qildi
192 ta yuklash

Annotatsiya

Maqolada muallif o‘quvchi yoshlar mavzusini ko‘tarar ekan, uni alohida sotsiologik tadqiqot obyekti sifatida yoritadi. Ilmiy manba va adabiyotlarda yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiy yoki psixologik qiyofasi bilan bog‘liq o‘nlab tadqiqot ishlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan bo‘lsa-da, bitiruvchi sinf o‘quvchisi va uning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasi muammosi bo‘yicha jiddiy ilmiy yondashuvlar kam bo‘lganligiga e’tibor qaratish mumkin. Muallif uzoq yillik o‘z tadqiqotlari natijalariga asoslanib bitiruvchi sinf o‘quvchilarining ijtimoiy qiyofasi va ijtimoiy kayfiyati bilan bog‘liq xususiyatlarni bugungi kun turmush tarzidagi o‘zaro munosabatlar tizimida yoritadi. Bitiruvchi sinf o‘quvchisining istiqbolli mo‘ljal olish strategiyasini tadqiq etish zamonaviy sotsiologik tadqiqotlar uchun bugungi kunning dolzarb masalasiga aylandi. O‘quvchi yoshlarning o‘ziga xos alohida jihatlarga ega murakkab ijtimoiy guruhni tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida ularning ijtimoiy xarakterini tavsiflashga xizmat qiladigan istiqbol maqsadlarni belgilab beradigan ustuvor vazifalarni aniqlashni talab etadi.

Kalit so'zlar:

o‘quvchi yoshlar mehnat unumdorligi samaradorlik raqobatbardoshlik ta’lim mehnat istiqbol reja ijtimoiy hayot.