13.00.00 - Pedagogika fanlari

7-9-SINF O‘QUVCHILARINING STEM KOMPETENSIYALARINI BAHOLASH: SPETSIFIKATSIYA, MEZONLAR VA KPI INDIKATORLARI

Xurshida Aliyeva Shuhrat qizi
Nashr: №2
20.04.2026
259 marta o'qildi
211 ta yuklash

Annotatsiya

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining 7-9-sinf o‘quvchilari uchun STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) kompetensiyalarini baholash tizimi taklif etiladi. Har bir sinfning yosh xususiyatlari va fanlar bo‘yicha egallagan bilimlari darajasiga mos ravishda STEM komponentlarining foiz nisbatlari belgilangan: 7-sinfda S – 40%, T+E – 30%, M – 30%; 8-sinfda S – 35%, T+E – 40%, M – 25%; 9-sinfda S – 30%, T – 40%, E+M – 30%. Blum taksonomiyasi asosida savollar uch turga ajratilgan: reproduktiv (2 ball), produktiv (4 ball), kreativ (6 ball). Shuningdek, KPI indikatorlari (S, T, E, M) va baholash matritsasi ishlab chiqilgan bo‘lib, umumiy maksimal ball 7-sinfda 52 ball, 8-sinfda 58 ball, 9-sinfda 60 ball etib belgilangan. Baholash tizimining validligi va ishonchliligi ekspert baholash (Kendall W = 0,78-0,85) va Kronbax alfasi (α = 0,82-0,88) orqali tasdiqlangan.

Kalit so'zlar:

Baholash tizimi Blum taksonomiyasi fanlararo integratsiya KPI indikatorlari STEM kompetensiyalar spetsifikatsiya 7-9-sinflar.