03.00.00 - Biologiya fanlari

ENDOFIT ASPERGILLUS TURLARIDAN AJRATILGAN IKKILAMCHI METABOLITLAR VA ULARNING FARMAKOLOGIK POTENSIALI

Absattorova X, Alimova D, Murodullayev D va Rustamova N
Nashr: №1
27.03.2026
243 marta o'qildi
217 ta yuklash

Annotatsiya

Mazkur sharh maqolada turli xo’jayin o‘simliklardan ajratib olingan Aspergillus avlodiga mansub 20 ta endofit shtammning biologik faolligi tahlil qilindi. Olingan natijalar ushbu shtammlar antibakterial, antifungal, antimalarial, yallig‘lanishga qarshi hamda saratonga qarshi faollik namoyon etishini ko‘rsatdi. Bu ularning biofaol ikkilamchi metabolitlar ishlab chiqarish salohiyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, aniqlangan faolliklar endofit Aspergillus shtammlarining metabolik xilma-xilligi va ekologik moslashuvchanligini aks ettiradi. Tadqiqot natijalari endofit zamburug‘larning farmatsevtika va biotexnologiya sohalaridagi istiqbolini tasdiqlaydi.    

Kalit so'zlar:

 endofit zamburug‘lar Aspergillus ikkilamchi metabolitlar biofaol birikmalar sitotoksik faollik biotexnologiya