13.00.00 - Pedagogika fanlari

RAQAMLI TA’LIM PLATFORMALARIDAN FOYDALANISH METODLARI VA VOSITALARI

Aminov I.B., Abdusobirova M.K.
Nashr: №2
17.03.2026
264 marta o'qildi
232 ta yuklash

Annotatsiya

Bugungi kunda ta’lim muassasalarida masofaviy va aralash ta’lim shakllarining kengayishi raqamli platformalardan samarali foydalanish metodlarini ishlab chiqishni dolzarb masalaga aylantirdi. Shu sababli, ta’lim jarayonida zamonaviy raqamli vositalarni pedagogik maqsadlarga mos ravishda qo‘llash, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini rivojlantirish hamda o‘quvchilar uchun interaktiv ta’lim muhitini yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolaning maqsadi – ta’lim sifatini oshirishda raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish metodlari va vositalarini tahlil qilish, ularning pedagogik imkoniyatlarini yoritish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat, unda ta’lim sifatini oshirishda raqamli ta’lim platformalarining o‘rni, ulardan samarali foydalanish metodlari hamda zamonaviy vositalar tahlil qilinadi. Shuningdek, Learning Management System (LMS), masofaviy ta’lim platformalari, interaktiv kontent yaratish texnologiyalari va analitik monitoring tizimlarining o‘quv jarayoniga ta’siri yoritiladi. Tadqiqot natijalari raqamli platformalar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish, o‘qitish jarayonini individuallashtirish hamda ta’lim samaradorligini yaxshilashda muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar:

raqamli ta’lim LMS masofaviy ta’lim interaktiv metodlar elektron resurslar ta’lim texnologiyalari ta’lim sifati.