03.00.00 - Biologiya fanlari

SAMDU GERBARIY FONDIDA SAQLANAYOTGAN BRASSICACEAE BURNETT OILASINING TAHLILI

Hasanov M.A., Mukumov I.U., Mamadaminov M.X., Rasulova Z.A.
Nashr: №2
18.06.2025
239 marta o'qildi
202 ta yuklash

Annotatsiya

SamDU gerbariy kolleksiyasida 20 ming gerbariy namunasi boʻlib, ulardan 16 ming namunasi ilmiy, 4 mingtasi oʻquv metodik gerbariylar saqlanmoqda. Gerbariy kolleksiyasida 145 oila, 644 turkum va 2150 turlar mavjud. SamDU gerbariy fondida saqlanayotgan Brassicaceae oilasiga mansub boʻlgan gerbariy namunalarining inventarizatsiyasi boʻyicha natijalar keltirilgan. Oilaning 45 turkumidan iborat turlarining gerbariy namunalari saqlanmoqda. Gerbariy namunalari boʻyicha ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, terilgan yillari, botanik-geografik hududlari boʻyicha tarqalishi va asosiy kollektorlari keltirilgan. Ushbu gerbariy fondida yuksak oʻsimliklarining  guruhlari uchun yangi yig’ilgan materiallarni raqamlashtirish va toʻldirish ishlari olib borilmoqda.

Kalit so'zlar:

SamDU gerbariy fondi gerbariy namunasi Brassicaceae oilasi turkum turlar