03.00.00 - Biologiya fanlari

SAMARQAND SHAHRI TARIXIY OBIDALARI ATROFIDA MAVJUD BO‘LGAN ASRIY DARAXTLARNING MIKROFLORASI TARKIBI

Abdulloeva S.F., Turaeva B.I.
Nashr: №2
18.06.2025
237 marta o'qildi
224 ta yuklash

Annotatsiya

Samarqanddagi tarixiy obidalar atrofida ekilgan asriy daraxt turlarining ahamiyati boʻyicha ma’lumotlarning cheklanganligini hisobga olgan holda, ushbu tadqiqot yangi ilmiy tushunchalar berishni maqsad qilgan. Ushbu olib borilgan tadqiqotda Samarqand shahri tarixiy obidalari atrofida oʻsadigan ayrim asriy daraxtlarning mikrobiomi tarkibi oʻrganilgan. Archa (Juniperus sp.,), Sharq sauri (Thuja orientalis), Arizona sarvi (Cupressus arizonica), Doimiy yashil sarv (Cupressus simpervirens), Virgin archasi (Juniperus virginiana), Oddiy qarag‘ay (Pinus sylvestris) va Tut (Morus) kabi uzun umrli daraxtlarning mikrobiom tarkibi aniqlandi. Bakteriya va mikrometsit turlarining sof kulturasi ajratildi. Ushbu uzun daraxtlar tarixiy obidalar atrofida ekilib, binolarning zax tortishidan saqlaydi. Bu esa, tarixiy obidalarning va obidalar ichida mavjud boʻlgan osori-atiqalarning degradatsiyaga uchrashining oldini oladi.

Kalit so'zlar:

Asriy daraxtlar Archa (Juniper) Tut (Morus) mikrobiom bakteriya mikromitset pathogen microflora