11.00.00 - Geografiya fanlari

MAHALLIY SUT ACHITUVCHI BAKTERIYALARNING ANTIMIKROB VA BAKTERIOSINOGEN FAOLLIGINI TADQIQ ETISH

D.K.Nurmuhamedova1, G.J.Kutlieva1, X.A.Sohibnazarova2, X.T.Zairova3
Nashr: №3
01.08.2023
1090 marta o'qildi
634 ta yuklash
12 bet

Annotatsiya

Maqolada laktobakteriya shtammlarining shartli-patogen izolyatlarga nisbatan antimikrob hamda bakteriotsinogen faolligi bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Mahalliy sut mahsulotlari va ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlarning ahlat na’munasidan sut achituvchi 28 ta bakteriyalar ajratildi va antimikrob faolikka skrining qilindi, ularning probiotik xususiyatlari o‘rganildi. Аjratilgan sut achituvchi bakteriyalarning 28 ta izolyatlaridan 7 ta shtamm tanlab olindi. Tanlangan shtammlar klinik izolatlarga nisbatan yuqori mikroblarga qarshi faol zona namoyon etdi. Sut   achituvchi bakteriyalar orasidan Weissella cibaria WC-1, Weissella cibaria WC-2, Weissella viridescens WV hamda Lactobacillus plantarum C-2 shtammlarini Bacillus subtilis bakteriyasiga  nisbatan bakteriotsinogen moddasi mavjudligi aniqlandi.

Kalit so'zlar:

Laktobakteriya shtammlari MRS bakteriotsinogen moddalar antimikrob faollik shartli-patogen bakteriyalar.