13.00.00 - Pedagogika fanlari

TALABALARNING INGLIZ TILI FONETIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDAGI QIYINCHILIKLAR

Marufov Elyor Uktamovich
Nashr: №2
14.04.2023
764 marta o'qildi
555 ta yuklash
10 bet

Annotatsiya

Ushbu maqolada talabalarning ingliz tilida fonetik kompetensiyasini rivojlantirishdagi qiyinchiliklar, fonetik ko‘nikmani shakllantirishda talabalar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan bir qator xatolar, ya’ni fonologik xatolar hamda uzun va qisqa unlilar talaffuzi,shuningdek fonetik laboratoriya haqida fikr yuritiladi. “Amaliy fonetika” o‘quv fani asosiy fanlardan biridir. Bu o‘ziga xos va talabalar uchun eng qiyin, chunki maktabda fonetik ko‘nikmalarga kam e’tibor beriladi va abiturientlar talaffuzida rivojlangan xatolar bilan oliy ta’limga o‘qishga kiradilar, shuningdek, oliy ta’limda ingliz tilining to‘g‘ri talaffuz mexanizmi mavjud emas. Fonemaning allofoni o‘rniga boshqa bir fonemaning allofonini talaffuz qilganda fonologik xatolar yuzaga keladi va bu so‘z ma’nosining o‘zgarishiga olib keladi

Kalit so'zlar:

unli talaffuz fonetik laboratoriya fonologik   bo‘g‘in artikulyasiya allofon diftong avtomatik   ohang