02.00.00

GIL ADSORBENTLARIDA PIRIDIN ADSORBSIYASI

D.A. Xandamov, S.Z. Muminov., A.E. Ziyadullayev., B.N. Holiqulov S.Sh.Turobjonova
Nashr: №111
05.01.2023
559 marta o'qildi
384 ta yuklash
11 bet

Annotatsiya

Maqolada oʻlchamlari va tabiati turlicha boʻlgan kationlar bilan modifikatsiyalangan gil adsorbentlarida azabenzol bugʻlari adsorbsiyasi oʻrganilgan. Modifikatsiyalangan PGAM-1 va MAM-2 da adsorbentlari mikrogʻovaklari hajmi yuqori ekanligi aniqlangan. Adsorbentlarning azabenzol bugʻi adsorbsiyasi natijalariga koʻra, adsorbentlarning adsorbsiyalash qobiliyati boʻyicha quyidacha: PGAM˃TMAM ˃ EAM ˃ MAM˃ NaMn tartibda joylashtirilgan. Adsorbentlarning adsorbsiyalash miqdoriga adsorbatning elektron tabiati va modifikatsiyalovchi kationlar katta ta’sir koʻrsatishi muhokama qilingan.

Kalit so'zlar:

Montmorillonit adsorbsiya gisterezis izoterma azabenzol adsorbent