10.00.00

KAUZATIVLIKNING MAKROMATNDA IFODALANISHI

B. N. Turniyazov
Nashr: №126
05.01.2023
706 marta o'qildi
646 ta yuklash
15 bet

Annotatsiya

Mazkur maqolada kauzativlikning makromatnda ifodalanishi yoritiladi. Kauzal matnlar bir komponentli va ko‘p komponentli kabi turlarga bo‘lib tahlil qilinadi. Ammo bir komponentlilikni nisbiy tushunmoq darkor. Masalan, kauzal matn bir komponentli bo‘lib shakllangandek ko‘rinsa-da, aslida vaziyat buni taqozo etmaydi. Zotan, kauzativ jarayon X (kauzator) – Y (kauzant) – Z (konsekvent – semantik xulosa) tarzida voqelanar ekan, unda doim ko‘pkomponentlilik alomati kuzatiladi. Jumladan, buyruq ko‘rinishidagi bir so‘zli kauzativ matnlar tuslangan formada qo‘llangani uchun, kauzativ vaziyatda binarlik alomatlari borligi izoh talab qilmaydi. O‘z navbatida, kauzativ jarayonda ishtirok etayotgan shaxs kauzatsiya kauzatori tomonidan kauzatsiyalanayotganini ham inkor etib bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday ko‘rinishdagi matnlarni shartli ravishda bir komponentli deb izohlaymiz. Katta hajmli kauzativ matnlarda kauzatorning qo‘zg‘ash faoliyati mazmunan butun matnni qamrab olganligi uchun bunday vaziyatni makrokauzatsiya deb ataymiz.

Kalit so'zlar:

mikromatn makromatn kauzator kauzant konsekvent kauzal bo‘g‘im kauzativ kompleks.