07.00.00

NAVBOGʻTEPA YODGORLIGINING SIRLANGAN TOVOQLARI

A.A.Nazarov
Nashr: №128
05.02.2023
830 marta o'qildi
438 ta yuklash
8 bet

Annotatsiya

Ushbu maqolada Navbogʻtepa yodgorligidan topilgan rivojlangan oʻrta asrlarga oid sirlangan tovoqlar haqida soʻz boradi. IX-XIII asrlar Samarqand Sugʻdida sirlangan kulolchilik buyumlari ishlab chiqarish sohasida oʻziga xos taraqqiyot davri boʻldi. Navbogʻtepa yodgorligidan ham koʻplab sirlangan sopol idishlar, jumladan tovoqlar ham topildi. Mazkur tovoqlar oʻzlarining nafisligi va sifatliligi bilan Samarqand Sugʻdining boshqa yodgorliklaridan topilgan tovoqlardan farq qilmaydi. Navbogʻtepa yodgorligidan aniqlangan sirlangan tovoqlarni bezashda jigarrang, sariq, qizil, yashil kabi boʻyoqlardan foydalanilgan. Shuningdek, idishlarning sirtiga shaffof, yashil, koʻk, jigarrang, oq va sariq rangdagi sirlar berilgan.

Kalit so'zlar:

Navbogʻtepa sirlangan idishlar tovoq “Afrosiyob tipi” Sugʻd Afrosiyob naqsh motivlari kulolchilik an’analar angob.