02.00.00

1,3,5-TRIS- (BETTA OKSIETIL) GEKSAGIDROKSO-S-TRIAZINNING BA‘ZI METALL IONLARI BILAN HOSIL QILADIGAN KOMPLEKSLARINI KVANT KIMYOVIY TADQIQI

G.R.Xodjayorova1, J.R.Uzoqov1, N.Q.Muxamadiyev1, M.G.Alimuhammedov2
Nashr: №135
05.02.2023
888 marta o'qildi
631 ta yuklash
10 bet

Annotatsiya

Cu2+ va Ni2+ kationlarining 1,3,5-tris-(betta oksietil) geksagidro-s-triazin bilan hosil qilgan komplekslarining strukturaviy barqarorligi, molekulada elektron zichlik taqsimoti orqali reaksion markazlarning holati, atomlar orasidagi masofa kabi kattaliklari DFT (B3LYP va CAM-B3LYP) usulida o’rganildi. Komplekslar tuzilishini muvofiqlashtirish to’rtta oktaedr koordinatsion konfiguratsiyaga ega bo’lgan metall-organik birikmalarida singlit va triplit spin holatlarining sirt potensial energiyalari spin-orbitall bog’lanishlarini hisoblash orqali amalga oshirildi. Unga ko’ra 1,3,5-tris-(betta oksietil) geksagidro-s-triazinning Cu(II) va Ni(II) kationlari bilan hosil qilgan komplekslarining barqarorlik konstantasi mos ravishda logβ = 4,56; logβ = 5,14, dipol momenti (D, debay) 6,125; 5,77, molekula umumiy energiyasi (E.a.u) -418,546; -614,37, elektrofillik qobilyati (σ) 0,462±0,01 eV ekanligi aniqlandi. Birikmaning tajribada olingan IQ-spektri hisoblangani bilan solishtirilganda, ularning moslik darajasi 96 % ni tashkil etgan

Kalit so'zlar:

Xelat kompleks barqarorlik konstantasi dipol momenti reaksion qobilyat sirt potensial energiyasi IQ spektr