01.00.00

JIZZAX VILOYATI QO‘YTOSH TOG‘ TIZMASINING TABIIY RADIOAKTIVLIGI TO‘G‘RISIDA

O.B.Mamatqulov, U.U.To‘xtayev, B.S.Tog‘ayev, E.A.Umirzaqov, L.T.Nurmurodov, M.N.Yusupov, Sh.Sh.Sayfiyev, A.Q.Qilichev
Nashr: №135
05.02.2023
978 marta o'qildi
559 ta yuklash
11 bet

Annotatsiya

Nurota tog‘-kon sanoati Respublikamizning rangli metallurgiya hamda kamyob yer metallari qazib olish sanoati uchun eng istiqbolli hududlardan biri hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida Qo‘ytoshda molibden va volframni qazib olish va boyitish boshlandi. Hozirgi kunda ochiq va yopiq kon karyerlari va burg‘ulagan joylarning radioaktiv holatini monitoring qilish taqdim etilayotgan ishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ishda Qo‘ytosh hududidan olingan tuproq namunalarining TRN miqdori NaI(Tl) kristalli ssintillyatsion gamma-spektrometrda tadqiq etildi. Hududning tuproq va tog‘etaklaridagi maydonlarning yer yuzasidagi ROZ (radonning oqim zichligi) miqdori aniqlandi.

Kalit so'zlar:

molibden volfram vallostonit permit penza granit liporit dunit siyanit tuflar silikat dala shponi piroksilin olivin sorbent