02.00.00

ZOL-GEL TEXNOLOGIYA ASOSIDA SiO2 /ZrO2 NANOKOMPOZIT SORBENTLAR SINTEZI VA ULARNING TEKSTUR XUSUSIYATLARI

Uzoqov J.R. 1, Ulug’boyeva G.O. 1, Muxamadiyev N.Q. 1, Tursunqulov O. 2, Iskandarov N. 2
Nashr: №125
20.01.2023
866 marta o'qildi
434 ta yuklash
11 bet

Annotatsiya

Kislotali muhitda zol-gel texnologiyasi orqali turli haroratlarda SiO2/ZrO2 nanokompozit sorbent namunalari sintez qilindi. Mak-Ben-Bakraning sezgir speralli qurilmasi yordamida sorbent namunalariga benzol bug‘i adsorbsiyasi orqali ularning tekstur xossalari o‘rganildi. Unga ko‘ra turli haroratda olingan sorbentlarda solishtirma sirt yuzasi 400-960 m2/g, g‘ovaklar hajmi 0,32-0,90 sm3/g hamda g‘ovaklarning o‘rtacha diametri mos ravishda 0,8-32,1 nm ekanligi aniqlandi. Shuningdek, sorbentlarning fazaviy tarkibi XRD rentgen difraktometri usulida, sirt morfologiyasi skanerlovchi elektron mikroskopiya hamda element tarkibi rentgen mikrotahlili usullari yordamida o‘rganildi.

Kalit so'zlar:

sorbentlar solishtirma sirt yuzasi g‘ovaklar o‘lchami kapilliyar kondensatsiya rentgen difraktogramma rentgen mikrotahlil.